Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 14 yil oldin yopilgan nazorat-o‘tkazish punkti ochilishi haqida xabar berilgandi. Bugun mazkur post faoliyati qayta tiklandi.
Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, so‘nggi yetti yilda birgina Qirg‘iziston bilan tovarlarning tashqi savdo aylanmasi 3 barobarga oshdi. Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan bojxona postlari orqali harakatlangan fuqarolar, yuk avtotransportlari va temiryo‘l vagonlari soni 7 barobarga oshdi.
2017-yilda ikkala davlat o‘rtasida 2,3 million nafar fuqarolar harakatlangan bo‘lsa, bu raqam 2023-yilga kelib 16 million nafarga yetdi. Qirg‘iz hamkorlar bilan tovarlar eksporti va importini amalga oshirayotgan tadbirkorlar soni 2,7 barobarga oshdi.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib o‘tadi.
Izoh (0)