Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ukrainaga 1,1 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordamning navbatdagi transhi ajratish bo‘yicha Kiyev bilan dastlabki kelishuvga erishdi.
“Ukraina iyun oyi oxiridagi barcha miqdoriy hamda tuzilmaviy mezonlarni bajardi”, dedi XVFning Ukrainadagi missiyasi rahbari Gevin Grey Ukraina hukumati bilan 4-10 sentyabr kunlari Kiyevda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal avvalroq bu muzokaralarni murakkab deb atagan edi.
Ishchi guruh darajasida Ukrainaga 1,1 milliard dollar miqdorida yangi transh to‘lash bo‘yicha dastlabki kelishuv kelishib olindi. Kelgusi haftalarda kelishuv XVJ Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.
XVJ ham o‘z navbatida Ukraina bilan muzokaralarni murakkabligini aytgan, biroq Ukraina rasmiylari o‘z siyosatini mohirona tuzatish qobiliyatini namoyish etganini, uy xo‘jaliklari va kompaniyalar moslasha olganini ta’kidlagan.
“Tekshiruv ko‘rsatdiki, Kiyev iyun oyi oxiri holatiga ko‘ra barcha ko‘rsatkichlarning miqdoriy mezonlarini bajargan, bundan tashqari, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashga doir islohotlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, deyiladi XVJ press-relizida.
Shunga qaramay, jamg‘arma mamlakatda davom etayotgan harbiy harakatlar va energiya muammolari tufayli Ukraina uchun xavflar juda yuqoriligicha qolayotganini ta’kidlagan.
Jamg‘arma 2024-yilda Ukraina yalpi ichki mahsuloti uch foizga o‘sishini kutmoqda. Kelgusi yil uchun prognoz 2,5 - 3,5 foizni tashkil etadi. Avvalroq Ukraina bosh vaziri 2025-yilda mamlakat rasmiylari yig‘ilgan barcha soliqlarni mudofaa uchun sarflash niyatida ekanini aytgan edi. Qolgan byudjet xarajatlari tashqi moliyalashtirish manbalari hisobidan qoplanishi kutilmoqda.
Izoh (0)