Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Bunyodkor” uchrashuvi taqvim bo‘yicha 15-sentyabr — yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bahs bir kun oldinga surildi.
“Shu kuni shaharga yuqori martabali mehmonlar tashrifi rejalashtirilganidan kelib chiqib, uchrashuv 14-sentyabr — shanba kuniga ko‘chirildi. O‘yin vaqti o‘zgarishsiz qoldi — 19:30”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, 14-sentyabr kuni O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Musobaqa Sport telekanali orqali namoyish etiladi. O‘yin ko‘chirilgani boisidan Superliga bahsini efirga uzatishda muammo yuzaga keladi.
PFL matbout xizmati telekanal bilan o‘yinni Liganing rasmiy YouTube sahifasiga jonli uzatish kelishilgani hamda ayni vaqtda uning Samarqand televideniyesi orqali ham efirga olib chiqish masalasi ustida ishlanayotganini xabar qildi.
Izoh (0)