Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikka tushish sabablari har xil ekani, yechimi ham alohida-alohida bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi. Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida O‘zbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.
Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.
Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy kompleks – Jamshid Qo‘chqorov tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bilan shug‘ullansa, ijtimoiy himoya – Mansur Olloyorov tizimi kimni reyestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob beradi.
Izoh (0)