Arab davlatlari ligasi (ADL) TIV rahbarlari BMTdagi liga guruhiga Isroilning tashkilot Bosh assambleyasidagi ishtirokini muzlatish choralarini ko‘rishni buyurdi.
10-sentyabr kuni Qohirada ADL TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel va BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi rahbari Filipp Lazzarini ham ishtirok etgan.
“Arab ligasi tashqi ishlar vazirlari bugun BMTdagi arab guruhiga Isroilning BMT Bosh assambleyasidagi ishtirokini muzlatish choralarini ko‘rishga ko‘rsatma berishga qaror qildi”, deydi Falastinning ADLdagi vakili Muhannad al-Aqluk.
Avvalroq BMT Yaqin Sharqdagi vaziyatni yumshatish uchun faol harakat qilayotganini ma’lum qilgandi.
“Biz barcha tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqiramiz. Hozir vaziyat kutilmagan tarzda nazoratdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan holatdamiz. Biz bundan qochishni istaymiz va bu borada ishlayapmiz”, degan edi tashkilot vakili Farxon Haq.
Izoh (0)