O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning (34-9-2-2) navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum bo‘ldi.
Nursulton 26-oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 308 turnirida rossiyalik Rinat Faxretdinovga (22-1-1) qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun Ro‘ziboyev UFC’da 3 ta jang o‘tkazib, uning 2 tasida muddatidan avval raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. So‘nggi jangda u 83,9 kgda oktagonga ko‘tarilib, Xoakin Bakliga imkoniyatni boy berdi.
Navbatdagi jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg)da bo‘lib o‘tadi. Faxretdinov UFC’da 5 ta jang o‘tkazgan va ularning 4 tasida g‘alaba va bir bor raqibi bilan murosa yo‘lini tanlagan.
Nursulton 2023-yilning 2-iyul kuni UFC’dagi debyutini o‘tkazgandi. U braziliyalik yengilmas jangchi Bruno Ferreyrani (10-1) birinchi raunddayoq nokaut bilan mag‘lub etdi. Promoushendagi ikkinchi jangida esa Sedrik Dyuma (9-2) taslim etilgandi. 12-may kuni Xoakin Bakli bilan jangda ochkolar evaziga mag’lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)