Toshkent shahridagi maktabda ichimlik suvi isrof bo‘lgani uchun direktor o‘rinbosari jarimaga tortildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.S.ning e’tiborsizligi tufayli maktab hovlisida ichimlik suvi isrof qilingan.
Natijada Qurilish va kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan B.S.ga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanib, jarima undirildi.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida xodimlar o‘zini soliq inspeksiyasidan kelganini aytib, o‘quvchilarga soliq to‘lash bo‘yicha tushuntirish bergani aks etgan videolavhalar tarqalgandi. Soliq qo‘mitasining bayonotida taʼkidlanishicha, davlat soliq xizmati organlari maktabda bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Izoh (0)