Bugun, 4-sentyabr kuni O‘zbekistondagi maktab va o‘quv yurtlarida ilk dars soatlari boshlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan edi. Ayni vaqtda respublikada 10 182 ta umumtaʼlim maktablari mavjud. Ularda 6,4 mln dan ortiq o‘quvchilar taʼlim oladi.
“Daryo” fotomuxbiri Toshkent shahri Chilonzor tumanida bo‘lib, o‘quv yilining ilk kunidagi e’tiborga molik lahzalarni kadrlarga muhrladi.
Izoh (0)