Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bir tup terak kesgan fuqaro 8,5 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Keltirilishicha, Paxtachi tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida, Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududida o‘sib turgan bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari miqdorida jarima (8,5 mln so‘m) belgilandi. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming so‘m hisoblandi.
Xuddi shu kabi holat Surxondaryoda ham kuzatilgan edi. Surxondaryoda bitta daraxt kesgani uchun fuqaroga 10 tup daraxt ekib, uni parvarish qilish majburiyati yuklatilgan.
Izoh (0)