Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Para-yengil atletikaning F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32 metr natija qayd etib Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun, Bobur Omonov Tokio Olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.
2022-yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV Paraosiyo o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)