“Lids”, “Lester” va “PSJ” klublarining sobiq markaziy himoyachisi Sulaymon Bamba 39 yoshida vafot etdi. Bu haqda futbolchi texnik direktor bo‘lib ishlagan Turkiyaning “Adanaspor” klubi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
“Oxirgi o‘yin oldidan ahvoli yomonlashgan Bamba Manisa universiteti kasalxonasiga olib ketildi va afsuski, u yerda hayot uchun kurashda yutqazdi. Jamiyatimizga, ayniqsa uning oilasiga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi Adanaspor bayonotida.
2021-yil yanvar oyida Bambaga saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgandi. May oyida u sog‘ayganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik Bamba o‘z faoliyatini davom ettirdi va Angliyaning “Midlsbro” klubiga ko‘chib o'tdi, ammo bir yildan so‘ng faoliyatini yakunladi.
Bamba faoliyati davomida “Kardiff” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan — 118 ta o‘yin.
Shuningdek, himoyachi o‘z faoliyati davomida “PSJ”, “Lester”, “Lids” va Kot-d’Ivuar terma jamoalarida o‘ynagan va milliy jamoa bilan 2012-yilda Afrika Kubogi vitse-chempioniga aylangan.
Izoh (0)