“Hizbulloh” 25-avgust kuni Isroil armiyasi pozitsiyalariga 320 dan ortiq raketa uchirgani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu Isroilga qarshi javob zarbalarining birinchi bosqichi bo‘lib, 11 ta nishon tor-mor etilgan. Ular orasida “SAXAL”ning Mayrun, Zaatun va Sahel bazalari va bosib olingan Golan tepaliklaridagi ikkita baza, shuningdek, uchta kazarma va bir nechta kuchli nuqtalar bor edi.
“Birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu Isroil hududi chuqurligidagi asosiy nishonga uchuvchisiz samolyotlarning parvozini ta’minlash uchun Isroil kazarmalari va kuchli nuqtalariga hujumlar bosqichidir. Dronlar rejalashtirilganidek uchirildi”, deyiladi xabarda.
“Harakat” Telegram-kanalida aytilishicha, “Hizbulloh” shu tariqa Bayrut yaqinida o‘z harbiy qanoti qo‘mondoni Fuad Shukr o‘ldirilganiga “dastlabki javob”ni berayotganini bildirdi.
Izoh (0)