“Olimpik” jamoasi hujumchisi Alisher Odilov legionerga aylanishi mumkin. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.
Futbolchi “Olimpik” bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan edi. Alisher Odilovning vakillari Hojimat Erkinov to‘p tepadigan BAAning “Al-Vahda” klubi bilan faol tarzda muzokaralar olib borgan, ammo oxirgi pallada vaziyat umuman boshqa tarafga o‘zgarib ketgani ma’lum qilindi.
Championat sayti futbolchining o‘zi bilan bog‘langanida, Odilov Rossiyaga uchib ketishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa “Ximki” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkinligini aytgan.
Ma’lumot uchun, “Ximki” joriy mavsum Rossiya chempionatida 5 o‘yindan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda.
Izoh (0)