Shimoliy Koreya harbiysi 20-avgust kuni ertalab Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Janubiy Koreya harbiylari demilitarizatsiya qilingan hududning sharqiy qismida harbiy kiyimdagi odamni payqagan. U ikki Koreyani bog‘laydigan yo‘ldan so‘qmoq bo‘ylab janubga qarab ketayotgan bo‘lgan. Shimoliy tomondan esa yo‘l va uning atrofi minalangan.
Janubiy Koreya harbiylari askarga minalar va to‘siqlardan xavfsiz o‘tishga yordam bergan. Hozirda tegishli idoralar shimoliy koreyalik serjantning qochib ketish sabablarini o‘rganmoqda.
“Janubga o‘tish qaroriga Janubiy Koreya tomonidan kuchli ovoz kuchaytirgichlar orqali yangiliklar, K-pop musiqasi va boshqa kontentlar efirga uzatiladigan kundalik tashviqot kampaniyasi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)