AQSH Mudofaa vazirligi General Atomics kompaniyasiga dronlarni modifikatsiya qilish dasturini amalga oshirish uchun 500 million dollar ajratdi. Bu haqda Pentagon bayonotida aytiladi.
![](/static/2024/08/17/mod-LJtp3l_U.jpg)
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, dastur bo‘yicha uchish masofasi uzaytirilgan o‘rta balandlikdagi MQ-9 va MQ-1C taktik dronlar modifikatsiya qilinadi.
Pentagon shartnoma bo‘yicha ishlar 2029-yil 16-avgustgacha yakunlanishini kutmoqda.
Avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi bir necha kompaniyalar bilan mamlakatning barcha havo kuchlari bazalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha 12,5 milliard dollarlik shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Izoh (0)