OFK shtab kvartirasi joylashgan Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqalari uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi “Nasaf” jamoasi ishtirok etadi. Qarshi klubi D guruhidan joy oldi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari guruhda “Shabob Al-Ahli”, “Al Hussayn Irbid” hamda “Al Kuvayt” jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etib o‘tish joiz, “Shabob Al-Ahli” jamoasida eronlik futbolchi Sardor Azmun to‘p suradi.
G‘arb mintaqasi:
A guruhi
- “Al-Vakra” (Qatar)
- “Traktorsozi” (Eron)
- “Mohun Bagan” (Hindiston)
- “Ravshan Kulob” (Tojikiston)
B guruhi
- “At-Taavun” (Saudiya Arabistoni)
- “Eyr Fors” (Iroq)
- “Al Xoldiya” (Bahrayn)
- “Oltin Asr” (Turkmaniston)
C guruhi
- “Sepaxon” (Eron)
- “Sharja” (BAA)
- “Istiqlol” (Tojikiston)
- “Al Vihdat” (Iordaniya)
D guruhi
- “Shabob Al-Ahli” (BAA)
- “Nasaf” (O‘zbekiston)
- “Al Hussayn Irbid” (Iordaniya)
- “Al Kuvayt” (Kuvayt)
Izoh (0)