Bahodir Bekxo‘jayev Namangan viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Bahodir Bekxo‘jayev 1972-yili Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan, mutaxassisligi muhandis-quruvchi.
Mehnat faoliyatini Namangan agrosanoat qurilish hissadorlik jamiyatida sifat nazorati bo‘yicha ustalikdan boshlab, ish yurituvchi, ish ustasi, texnika xavfsizligi muhandisi vazifalarida ishlagan.
Keyinchalik hokimlik, boshqarma va tashkilotlarda turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. 2013—2017-yillarda esa Namangan shahri hokimi bo‘lgan.
Tayinlovga qadar u Norin—Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)