Marko Roys erkin agent sifatida “Los-Anjeles Gelaksi” tarkibiga borib qo‘shildi.
35 yoshli yarim himoyachi Amerika klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Marko 2012-yildan buyon “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Mavsum yakunida esa futbolchi jamoasini tark etishini e’lon qilgandi.
Roys o‘tgan mavsum Bundesligada 26 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)