• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentdagi prokuratura binosining qurilishi tadbirkorga 190, quruvchilarga esa 160 mln so‘m zarar keltirdi

    Toshkent shahri Yangihayot tuman prokuraturasining yangi binosi qurilish buyumlari sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Sheroz Abduqodirovga qimmatga tushmoqda. Bino qurilishi uchun 190 million so‘m qiymatidagi metallini sotgan tadbirkor pulini ololmay sarson bo‘lmoqda. Shuningdek, bu bino qurilishi 33 nafar yollanma ishchining 160 million so‘mlik maoshini ham “yutib yuborgan”.

    Foto: “Daryo”
    Tuman prokuraturasi binosini qurayotgan Muzaffar ismli quruvchiga qiymati 190 million so‘m bo‘lgan metall sotganman. Oldi-sotdi jarayoni odatdagidek og‘zaki bo‘lgan. 2023-yilning dekabr oyida, 2024-yilning yanvar oyida pulimni berishlarini va’da qilishgandi. Ammo va’da bajarilmadi. Men esa pulimni ololmay sarsonman, deydi bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan Sheroz Abduqodirov. 

    Tadbirkorning ma’lumot berishicha, ayni kunga kelib tuman prokuraturasi binosini qurayotgan quruvchi ishdan chetlatilgan. 

    Bino qurilishi bosh pudratchi “Qoraqalpoq-barhayot” MCHJ nazoratida “Nur Sobiroff” korxonasi tomonidan olib borilayotgan edi. Lekin ayni kunda qurilish ishlari “Nur Sobiroff” korxonasidan olib qo‘yilgan va bosh pudratchi tomonidan davom ettirilmoqda, deydi tadbirkor. 

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan Muzaffar Rajabovning aytishicha, uning mas’ulligidagi “Nur Sobiroff” korxonasi bosh pudratchi tomonidan qurilish ishlaridan chetlatilib, hatto xizmat haqi ham to‘liq to‘lanmagan. “Qoraqalpoq-barhayot” MCHJ ta’sischisi esa “Nur Sobiroff” korxonasiga chala ishlari uchun 1 milliard 200 million so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib berilganini aytmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Ortiqchasi bilan to‘ladik. Qilingan ishlarni hisob qilganimizda aslida 800 million so‘mlik ish bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramasdan, biz unga 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berganmiz. Aslida, biz emas, ular bizning haqqimizni yegan bo‘lib chiqmoqda, deydi jurnalistning bu haqdagi savoliga javob bergan “Qoraqalpoq-barhayot” MCHJning Shohjahon ismli ta’sischisi. 

    Mas’ul gapini isbotlash uchun hujjat taqdim qilishini bildirdi. Biroq hujjatlarda “Qoraqalpoq-barhayot” MCHJ “Nur Sobiroff” korxonasiga qilingan ishlar uchun 1 milliard 27 million so‘m miqdorida pul o‘tkazib bergani ma’lum bo‘ldi. 

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalistining aniqlashtirishicha, ushbu bino qurilishida ishtirok etgan 33 nafar ishchining 160 million so‘mlik maoshi ham “urib qolingan”.

    Foto: “Daryo”
    2023-yilning noyabr oyida shu bino qurilishida ishlay boshladik. Lekin Yangi yilgacha bir tiyin ham berishmadi. Bayramni ham pulsiz o‘tkazdik. Ko‘p joyga murojaat qilganimizdan so‘ng, 100 million so‘m avans berishdi. Yana 160 million so‘m pulimiz bor edi. O‘sha pulni ololmadik. Qolib ketdi. Haligacha berishmadi. Shohjahon aka 10 ming dollar beraman, qolganiga rozi bo‘lasizlar, degandi. Lekin o‘sha pul ham berilmadi, deydi o‘zini Otabek deb tanishtirgan quruvchi. 

    Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bo‘lib, obyektning dastlabki qiymati sifatida respublika byudjetidan 14 milliard 493 million so‘m ajratilishi belgilangan. Obyektning iqtisod qilingandan so‘nggi qiymati 12 milliard 356 million so‘mni tashkil qilgan. Ayni paytda bu ish uchun 9 milliard 482 million so‘m moliyalashtirilgan bo‘lib, amalda 9 milliard so‘mlik ish bajarilgan. 

    Foto: “Daryo”

    Yangihayot tumani prokurori o‘rinbosari Aziz ismli suhbatdosh bino qurilishi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligini, hech kimning haqqiga xiyonat qilinmayotganini aytib, Shohjahon ismli quruvchiga “Daryo”ga yetarlicha axborotlar berishi kerakligini uqtirdi. Quruvchi jurnalistga faqatgina “Qoraqalpoq-barhayot” MCHJ hisobidan “Nur Sobiroff” korxonasiga qancha mablag‘ o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotnigina berish bilan cheklandi. 

    “Daryo” mazkur masala yuzasidan mas’ullarning qo‘shimcha izohi, dalillarini e’lon qilishga tayyorligini ma’lum qiladi.

    14.08.2024, 14:30   Izoh (0)   12913
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat berilishi mumkin

    14.08.2024, 14:05

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    14.08.2024, 12:45

    “Tarqoqligimiz bizni zaiflashtirardi” — Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyodagi bir necha yillar avvalgi vaziyat haqida

    14.08.2024, 12:20

    O‘zbekistonda bir guruh tadbirkorlar orden va medallar bilan mukofotlandi

    14.08.2024, 11:25

    O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    14.08.2024, 10:51

    “O‘zbekiston obyektiv ravishda Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan” — Abdulaziz Komilov

    14.08.2024, 10:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    16 avgust, 23:26
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.