Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish uchun byudjetni jiddiy qisqartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi The Telegraph manbalari.
Joriy moliyaviy yilda fan va texnologiya, tadqiqot va ishlanmalarga sarflanadigan xarajatlar taxminan 20 foizga qisqarishi kutilmoqda. Yuzlab odamlar ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Nashrning Mudofaa vazirligidagi manbasiga ko‘ra, ilg‘or texnologiyalarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish Britaniya armiyasining Xitoy, Rossiya hamda AQSH armiyasidan yanada orqada qolishiga olib keladi.
“Bu bizning qurolli kuchlarimiz jangovar tayyorgarligini kamaytiradi hamda Buyuk Britaniyaning xavfsizligi va himoyasi zaiflashishini anglatadi”, deydi The Telegraph suhbatdoshi.
Nashrning ta’kidlashicha, leyboristlar partiyasi vakillari bo‘lgan amaldorlar saylov kampaniyasi paytida armiya modernizatsiya xarajatlari 20 foizga qisqartirilishi haqida ogohlantirilgan.
Mudofaa vazirligi vakili ma’lumotni noto‘g‘ri dedi. U leyboristlar hukumati yaqin kelajakda yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizi miqdorida mudofaa xarajatlarini ta’minlashiga va’da berdi. Hozir bu ko‘rsatkich 2,3 foiz atrofida.
Izoh (0)