Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilingani haqida videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, videodagi holat 5-avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Qizil suv” mahallasida joylashgan mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar 16 yoshli tarbiyalanuvchi — S.X., D.I. va V.L. o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatga munosabat bildirib, Milliy gvardiya mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Izoh (0)