Koreya Respublikasida 2024-yilda oftob urishi va issiqlik taʼsiri bilan bog‘liq o‘limlar soni 21 taga yetdi. Bu haqida Janubiy Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi maʼlumot berdi.
“20-maydan 11-avgustgacha bo‘lgan davrda jazirama va uning oqibatlari bilan bog‘liq shikoyatlar bo‘yicha 2293 nafar bemor kasalxonaga murojaat qilgan. 2023-yilning xuddi shu davrida 2 139 nafar bemor va 28 ta o‘lim holati qayd etilgan edi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Seulda 13-avgust holatiga ko‘ra, ketma-ket 23-tropik kecha qayd etildi.
Ma’lumot uchun, agar soat 18:01 dan 09:00 gacha havo harorati 25 darajadan pastga tushmasa, bu tropik tun deb ataladi.
Izoh (0)