Malika Diana har doim o‘z pozitsiyasini tashqi ko‘rinishidagi birgina element bilan ifoda eta olishi hamda mehribon ekanligi bilan shuhrat qozongan edi, deb yozadi AdMe.
Masalan, rasmiy tashriflar chog‘ida u odamlarga yaqinroq bo‘lish uchun qo‘lqop kiyishdan bosh tortgan.
Bir kuni fotograf malikaning bir qo‘liga ikkita soat taqib olganini suratga olgan. Bu tasodifiy holat emasdi. Diana o‘ziga yaqin insonlarga bo‘lgan muhabbatini maxsus belgilar orqali ko‘rsatishni yaxshi ko‘rardi.
Diananing ushbu surati 1981-yilda, ular shahzoda Charlz bilan unashtirilganidan so‘ng olingan. Fotograf Vindzordagi polo-klubda o‘ynayotgan qallig‘iga qarab turgan malikani suratga olgan.
Bitta detal, ya’ni malikaning bilagiga ikkita soat taqilganini hisobga olmasa, bu suratda hayratlanarli hech narsa yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, ingichka bandli tilla soat Diananing o‘ziga, qora rangli soat esa Charlzga tegishli bo‘lgan.
Malika Diana Charlzning soatini unga hurmat ramzi sifatida hamda qallig‘iga omad keltirishi uchun taqqanini bildirgan.
Izoh (0)