Pokiston Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasinaning mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklar natijasida hokimiyatdan chetlatilishiga aloqador emas. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mumtoz Zahra Baloch jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
“Pokistonning Bangladesh bilan o‘zaro aloqalari konstruktiv muloqot va hamkorlikka asoslangan. Biz Bangladeshdagi siyosiy vaziyat tezroq hal etilishiga, shuningdek, kelajakda bu mamlakatda barqarorlik tiklanishiga umid qilamiz”, deydi diplomat.
Baloch Shayx Hasinaning hokimiyatdan chetlatilishiga Islomobodning aloqadorligi haqidagi Hindistonning taxminlari asossiz ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “hind siyosatchilari va ularning ommaviy axborot vositalari odatda ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklarida Pokistonni ayblaydi”.
Izoh (0)