Parij Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
-57 kg vazn toifasida harakat qilayotgan G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun qirg‘izistonlik Almaz Uulu Bekzatga qarshi gilamga chiqdi.
Yakunda G‘ulomjon raqibi ustidan g‘alaba qozonib, Parij—2024 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuning bilan, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 3 ta bronzaga yetmoqda.
Izoh (0)