AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliyani o‘z ichiga olgan AUKUS harbiy hamkorligi integratsiyalashgan sun’iy intellektga ega dronlarni birgalikda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Britaniya hukumati o‘z bayonotida ma’lum qildi.
“Bu AUKUS uchun muhim bosqichdir: uchta mamlakat avtonomiya va sun’iy intellektning (SI) futuristik integratsiyasini ilk marta boshdan kechirdi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, dronga o‘rnatilgan sun’iy intellekt operatorga yerdagi nishonlarni aniqlash, o‘chirish va yo‘q qilish imkonini beradi.
Rasmiylarga ko‘ra, sinovlar doirasida har bir davlatning dronlari “umumiy natijaga erishish uchun” yagona havo hududida birgalikda ishlagan va uch davlat jihozlari o‘rtasida “uzluksiz” ma’lumotlar almashinuvi amalga oshirilgan.
Sinovlarda Britaniya mudofaa fan va texnologiya laboratoriyasi, Avstraliya mudofaa fan va texnologiya tashkiloti, AQSH havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasi hamda AQSH armiyasi tadqiqot laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etgan.
Izoh (0)