Toshkent shahrining Yangihayot tumanida noturar bino uchun gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan sobiq gaz ustasi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi sobiq chilangari O.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro A.I.ning ishonchiga kirib, uning Sergeli tumanidagi noturar binosi uchun tanishlari yordamida gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini va yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha tegishli ruxsatnoma tayyorlab berishi evaziga 1 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 221-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)