Eron Isroilga hujumda Quddus va Tel-Avivdagi hukumat binolariga, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi va parlamentga hujum qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Eron qurolli kuchlarining Defapress portali yozmoqda.
Ehtimoliy nishonlar orasida Tel-Avivdagi Ben-Gurion, Xayfa va Ramon aeroportlari ham bor.
Bundan tashqari, 8 ta havo bazasi, 3 ta port va bir qator energetika infratuzilmasi obyektlari nishonga aylanishi mumkin.
Avvalroq Eron Vengriya orqali Isroilni hujumdan ogohlantirgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto isroillik hamkasbi Isroil Katsga qo‘ng‘iroq qilgan va unga ushbu ma’lumotni Eron TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Ali Bageri Kani bilan suhbat chog‘ida olganini tushuntirgan.
Izoh (0)