Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyotlari Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli 7-avgustga qadar Eron va Iroq havo hududini chetlab o‘tadi, deb xabar bermoqda G‘arb OAV kompaniya bayonotiga tayanib.
Shuningdek, Lufthansa aviakompaniyasi Iordaniya poytaxti Umman va Iroqning Arbil shahriga parvozlarini ham 7-avgustgacha to‘xtatdi.
Bundan tashqari, Swiss International Airlines, Austrian Airlines va Eurowings kompaniyalarini o‘z ichiga olgan Lufthansa guruhi Tel-Aviv, Tehron va Bayrutga parvozlarni 12-avgustgacha to‘xtatganini e’lon qildi.
Avvalroq mazkur aviakompaniya yaqin oradagi Isroilga bo‘lgan barcha reyslarni bekor qilgan edi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat o‘tgan hafta Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning katta maslahatchisi Bayrutda o‘ldirilganidan keyin keskin yomonlashdi. Eron va “Hizbulloh” ularning o‘limi uchun qasos olishga va’da berdi.
Izoh (0)