Filippinda “Butchoy” va “Karina” tropik bo‘ronlari tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda PNA agentligi ma’lum qildi.
Filippin tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish milliy kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 6,2 million kishi tropik bo‘ronlardan jabr ko‘rgan, 36 mingga yaqin kishi evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan, 8,5 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan.
Iyul oyida Filippinda sodir bo‘lgan tropik siklonlar mamlakat bo‘ylab haddan tashqari ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik, suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi. 118 ta hududda favqulodda holat e’lon qilingan.
15-iyul kuni Filippinda “Gaemi” superto‘foni sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgani va kamida 15 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)