Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shensi provinsiyasidagi ko‘prik qulashi oqibatida kamida 38 kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, favqulodda holat Shanlo shahridagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 25 ta avtomobil daryoga tushib ketgan.
Ikki haftadan beri davom etayotgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasini amalga oshirish uchun rasmiylar 3 mingdan ortiq odamni safarbar qilgan. Dronlar, suvosti robotlari va boshqa professional jihozlardan foydalanilgan.
Qayd etilganidek, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda. Tog‘li landshaft va daryoning tez oqimi, shuningdek, qo‘shni suv omborda loy to‘planishi qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda.
Izoh (0)