Qo‘shma Shtatlar Gruziyaga Anakliya portini qurishda Xitoy bilan hamkorlik qilmaslik talabini qo‘ymoqda.
“Sakartvelo xronikalari” nashriga ko‘ra, bu Yevroatlantika yo‘liga “qaytish”ning shartlaridan biridir.
Avvalroq AQSH davlat kotibi yordamchi-o‘rinbosari Joshua Hak Gruziyaning xitoylik hamkorlarini tanqid qilgan edi. Davlat kotibi yordamchisi Jeyms O’Brayen Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi minbaridan “Gruziya orzusi”ga murojaat qilgan.
“Gruziyaning hukmron partiyasiga ortga yo‘l borligi aniq bo‘lishi kerak. Fuqarolik jamiyatida erkin va adolatli saylovlar zo‘ravonliksiz o‘tishi, har qanday oshkoralik qonuni Rossiya qonunchiligiga emas, Yevropa Ittifoqi qonunlariga muvofiqlashtirilishi lozim. Xitoyning Anakliyada chuqur dengiz portini qurishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu qadamlar bugungi kunda Gruziya uchun haqiqatdan ham muhim”, deya amerikalik siyosatchining so‘zlarini keltiradi nashr.
Avvalroq American Conti International LLC ushbu port qurilishi uchun 400 million dollar jalb etish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmagan va Gruziya rasmiylari a’zo bo‘lgan konsorsium bilan shartnomani bekor qilgandi.
Izoh (0)