Parij Olimpiadasi o‘yinlarida dzyudo bahslari davom etmoqda.
![](/static/2024/08/01/photo_2024-08-01_14-45-35-wX6I0u_S.jpg)
O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To’raboyev g’alabali ishtirokini davom ettirgan holda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korrel bilan kechgan murosasiz bahsda ustun keldi. Endi u final yo‘llanmasi uchun ozarbayjonlik Zelim Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqadi.
Avvalroq -100 kggacha vazn toifasida Muzaffar To‘raboyev 1/8 finalda qozog‘istonlik Nurlixan Sharxanni mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)