Indoneziyaning yangi rahbari Rossiya bilan aloqalarni kuchaytirishga vaʼda berdi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Indoneziyaning saylangan prezidenti Prabovo Subianto Rossiya yetakchisi bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida mudofaa, energetika va taʼlim sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olingan.
Prabovo Subianto hozirga lavozimiga qadar mamlakat mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Endilikda esa u Joko Vidododan keyingi mamlakat prezidentiga aylanadi.
“Biz Rossiyani buyuk do‘st deb bilamiz. Men bu munosabatlarni saqlab qolish va mustahkamlashda davom etishni istardim. Tariximizda biz uchun qiyin bo‘lgan paytlarda Rossiya har doim bizga ko‘p jihatdan yordam berganini eslaymiz”, degan Indoneziya hukumatining yangi rahbari.
Prabovo, shuningdek, mudofaa va atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga xayrixohligini bildirgan. U, shuningdek, indoneziyalik talabalarni Rossiyaga tibbiyot sohasini o‘rganish uchun yuborish niyatini bildirgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Indoneziya bilan aloqalari yaxshilanayotgani, Jakartaning “maxsus operatsiya”dagi roli oshayotganini bildirgan. Indoneziya hukumati urushni tugatish borasida samarali yechimlar tavsiya qilayotgani aytilgan.
Izoh (0)