• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Layfstayl Kino

    “Terminator” filmi haqida siz bilmagan 8 ta qiziqarli fakt

    Arnold Shvarseneggerni dunyoga mashhur yulduzga aylantirgan “Terminator” filmining birinchi qismi 1984-yilda Orion Pictures studiyasi tomonidan suratga olingan. Franshiza o‘ttiz yildan ortiq davom etgan ko‘p milliard dollarlik loyihaga aylandi va hozirgacha qayta tomosha qilish tavsiya etiladigan filmlar reytingidan o‘rin olib kelmoqda. Quyida “Terminator” filmi yaratilishi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashga qaror qildik.

    Foto: Dzen

    Barchasi Jeyms Kemeronning tushidan boshlandi

    Foto: Dzen

    Amerikalik rejissyor Jeyms Kemeron dahshatli tush ko‘rdi, unda metalldan yasalgan odam qiyofasi olov ichidan paydo bo‘lib, unga yaqinlasha boshladi. Uyquda ko‘zlarini ochgan Jeyms darhol Terminatorning birinchi chizmalarini qog‘ozga bita boshladi. Keyinroq u Jon Karpenterning “Xellouin” filmidan ilhomlanib, qoralama ssenariyni yozdi.

    Birinchi filmda ikkita Terminator bo‘lishi kerak edi

    Foto: Dzen

    Dastlab Jeyms Kemeron yozgan ssenariyda bir vaqtning o‘zida ikkita Terminator — T-800 va T-1000 ishtirok etishi lozim edi. Rejissyorning fikriga ko‘ra, ikki qarama-qarshilik o‘tmishga qaytishi hamda vaqt oralig‘idagi sayohat davomida ulardan biri halok bo‘lishi kerak edi. Film oxirida faqat Kayl Riz qolishi rejalashtirilgan.

    Terminator rolini boshqa aktyor ijro etishi kerak bo‘lgan

    Foto: Dzen

    Jeyms Kemeron Arnold Shvarseneggerni bosh rolga olishdan avval rejissyorga bir nechta boshqa nomzodlar taklif etilgan. Jumladan, Silvestr Stallone va Mel Gibson kabi taniqli aktyorlar filmga jalb qilinishi kerak bo‘lgan, chunki kino studiya tomoshabinlar e’tiboriga tushgan yulduzni ko‘rishni istar edi. Ammo Stallone va Gibsonga ssenariy istiqbolli ko‘rinmadi va ular taklifni rad etdi.

    Arnold Shvarseneggerga Kayl Riz obrazini taklif qilmoqchi bo‘lishgan

    Foto: Dzen

    Shvarsenegger biz tanigan mashhur Terminatorni mukammal darajada ijro etgan bo‘lsa-da, ssenariyning bari boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Dastlab Arnoldga Kayl Riz rolini ijro etish taklifi berilgan va bu imkoniyat aktyorga yoqqan, lekin rejissyor Shvarseneggerni uchratishdan avval undan qutulishni istadi. Chunki filmda yangi qiyofa bo‘lishini xohlamas edi.

    Kunlarning birida Kemeron Shvarseneggerni uchratgach, aktyorning tashqi ko‘rinishi uni qiziqtirib qo‘ydi va u Terminator roliga mos ekanligiga ishonch hosil qildi.

    Shvarsenegger “Terminator” muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonmas edi

    Foto: Dzen

    “Terminator” birinchi qismining premyerasidan so‘ng, Arnold Shvarsenegger va kino studiya xodimlari Jeyms Kemeronning ushbu loyihasi muvaffaqiyatli chiqishiga ishonmaganini tan oldi. Shunga qaramay Arnold bosh rolni ijro etishdan qo‘rqmadi, chunki film past reyting egallagan taqdirda aktyorni shunchaki hech kim e’tiborga olmasligi va loyiha uning obro‘siga putur yetkazmasligiga ishonar edi.

    Arnold o‘zining mashhur iborasini ayta olmas edi

    Foto: GIPHY

    Shvartsenegger 21 yoshigacha Avstriya va Germaniyada yashaganligi sababli uning ingliz tili darajasi juda yomon edi. Bu aktyorlik karyerasining boshida o‘z aksini topdi va Arnoldga uzun gaplari bo‘lmagan yoki umuman so‘zlashish shart bo‘lmagan rollarni taklif qilishar edi. Ingliz tilini yaxshi bilmaganligi sababli Shvarsenegger hatto o‘zining mashhur iborasi: “I’ll be back”ni talaffuz qila olmas edi. “Men hali qaytaman” so‘zlarini to‘g‘ri aytishni Arnold uzoq vaqt davomida mashq qilgan.

    Jeyms Kemeron ba’zi sahnalarni ruxsatsiz suratga olgan

    Foto: Dzen

    Deyarli har doim jamoat joylarida, hatto oddiy kimsasiz ko‘chalarda ham film suratga olish uchun shahar mutasaddilaridan ruxsat talab etiladi, biroq byudjeti chegaralangan Jeyms Kemeron ruxsatnomalarni olishga ulgurmadi va ko‘plab sahnalarni taqiqlangan jamoat joylarida suratga tushirdi. Filmni suratga olish guruhi ba’zan politsiyadan qochishga majbur bo‘lgan.

    Shvarsenegger film uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rgan

    Foto: Dzen

    Shvarsenegger qahramoni o‘q uzayotganda robot ko‘zlari biror marta yumilmasligi hamda miltiqni qayta o‘qlayotganda qurolga qaramasdan ishni bajarishi uchun bir oy davomida otishma poligoniga qatnagan. U har kuni bir necha soat davomida qurolni qismlarga ajratish, qayta o‘qlash va o‘qqa tutish kabi jangari amallarni bajarishni o‘rgangan.

    31.07.2024, 12:30   Izoh (0)   18016
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Arnold Shvarsenegger jiddiy yurak operatsiyasini boshdan kechirdi

    28.03.2024, 19:17

    Kaliforniyada Arnold Shvarseneggerning dunyodagi eng katta haykali qurildi (foto)

    02.06.2024, 18:18

    “Boshqotirma-2” dunyo prokatida eng yuqori daromad keltirgan multfilmga aylandi

    26.07.2024, 09:31

    Kino tarixidagi eng qimmat serial nomi e’lon qilindi

    26.07.2024, 14:25

    Rayan Reynolds va Hyu Jekman Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi (foto)

    26.07.2024, 14:22

    Baxtning erta-kechi bo‘lmaydi: 40 yoshdan keyin turmushga chiqqan Gollivud go‘zallari 

    29.07.2024, 11:51

    Millionlab qarzi bo‘lgan aktyor Kevin Speysining besh qavatli uyi auksionda sotildi

    29.07.2024, 09:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.