Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov sperma donorligi tufayli 100 dan ortiq bolaning biologik otasiga aylanganini aytdi. Bu haqda u Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
“Menga 100 dan ortiq biologik farzandlarim borligini aytishdi. Uylanmagan va yolg‘iz yashashni afzal ko‘rgan yigit uchun shunday bo‘lishi mumkin?”, deydi Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 yil avval do‘stlaridan biri rafiqasi bilan farzand ko‘ra olmasligini aytib, Durovni sperma donori bo‘lishga ko‘ndirgan.
“Klinika rahbari menga yuqori sifatli donor materiali yetishmasligini va ko‘proq juftliklarga anonim tarzda yordam berish uchun sperma berish fuqarolik burchim ekanini aytdi”, deydi u.
Durovning ta’kidlashicha, 2024-yilga kelib uning donorlik materiallari 12 mamlakatdan 100 dan ortiq juftliklarga ota-ona bo‘lishga yordam bergan. Kamida bitta klinikada hali ham muzlatilgan sperma mavjud. Telegram asoschi endilikda biologik farzandlari bir-birini oson topishi uchun DNKga kirish imkoniyatini ochishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)