Litvada urush yuz bergan taqdirda aholini ommaviy evakuatsiya qilish rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirliklari va transport vazirliklari Inqirozga qarshi kurash milliy markazi bilan hamkorlikda aholini evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda, unda davlat organlarining javobgarlik darajasi va vazifalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari hal qilishi mumkin bo‘lgan vazifalar”, deyiladi matnda.
Rejani tayyorlash uchun munitsipalitetlar evakuatsiya qilinadigan odamlar soni, marshrutlar, odamlarni tashish uchun transport mavjudligi, yashash joylari to‘g‘risida ma‘lumot berishi, shuningdek zarur moliyaviy xarajatlarni hisoblashi kerak.
Litva kuzda amalga oshirish uchun milliy ommaviy evakuatsiya mashqlarini rejalashtirgan.
Izoh (0)