Toshkentda erkak qiz bolaning fotosuratini axborot saytlaridan biriga “firibgar” yozuvi ostida chiqarib yuborish bilan tahdid qilib, qizdan 7,5 mln so‘m pul talab qildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, jabrlanuvchi 29 yoshli G.A. Mirobod tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qila boshlagan 37 yoshli F.X.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Ayolning arizasiga asosan, gumonlanuvchi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)