• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Samarqand

    MIB traktorini noqonuniy olib qo‘yib, 355 mln so‘m zarar yetkazgan qashqadaryolik fermer ishi Samarqandda ko‘rib chiqilmoqda

    Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining taftish instansiyasi MIBning Nishon tuman bo‘limi traktorini noqonuniy olib qo‘yib, 49 kun davomida jarima maydonida saqlashi oqibatida fermerga 355 million so‘m zarar yetkazgani bilan bog‘liq holatni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Foto: “Daryo”

    Sudya Murodov raisligida, tomonlar va prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ishtirokida 2024-yilning 22-iyul kuni soat 16:30 da boshlangan sud majlisida OAV vakillari ishtirokiga ruxsat berildi, biroq javobgar tomon noroziligiga asosan jurnalistlarga foto va video olishga taqiq qo‘yildi. 

    Sudda aniqlashtirilishicha, MIBning Nishon tumani bo‘limi xodimlari “Samandar nur” fermer xo‘jaligining 35 million so‘mlik soliq qarzdorligini undirish uchun 2022-yil 1-fevraldan 23-oktyabrgacha 5 ta ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishiga qaramasdan, fermerni ijro ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risidagi qarorlar bilan tanishtirmagan holda garovda turgan haydov traktorini xatlagan. Va texnikani auksionda sotish uchun fermer dalasidan oldindan ogohlantirishsiz olib ketgan. 

    Shundan so‘ng fermer qarzdorlik noto‘g‘ri hisoblanganini, oldindan bu haqda ogohlantirilganda, masalaga oydinlik kiritib, qarzini to‘lagan bo‘lishini bir necha bor ta’kidlashiga qaramasdan, davlat ijrochilari bularni e’tiborsiz qoldirgan.

    Bundan tashqari, 35 mln so‘mlik qarzdorlik uchun undiruv nomutanosib miqdordagi mulkka, ya’ni 977,5 mln so‘m kredit mablag‘i evaziga sotib olingan traktorga qaratilib, olib ketilgan. 

    2024-yilning 5-fevral kuni ishni ko‘rib chiqqan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi Majburiy ijro byurosining Nishon tumani bo‘limidan mening foydamga 355 million so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqargandi. Nega buncha zarar va bu mablag‘ nima uchun menga to‘lab berilishi kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. Agar MIBning tuman bo‘limi noqonuniy xatti-harakatni amalga oshirib, texnikamni 49 kun noqonuniy ushlab turmaganida men 57 ta fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarib, ushbu traktor yordamida kuniga 7 million 249 ming so‘mdan, jami 355 million so‘m daromad topgan bo‘lar edim. Shu sabab MIB keltirilgan zararni qoplab berishini talab qilyapmiz, dedi sudda so‘z olgan fermer.

    Sudlov hay’ati fermerga savol bilan yuzlanar ekan, fermer xo‘jaligida traktorchi-mexanik shtati bor-yo‘qligi va traktorchilarga aytilayotgan muddatda qancha maosh to‘lab berilgani bilan qiziqdi. Fermer da’vosini qo‘llab-quvvatlayotgan Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi vakili hamda fermer bunday hujjatlar mavjudligini, keyingi sudda taqdim qilishini bildirdi. Fermer shuningdek, u bilan yer haydash bo‘yicha shartnoma qilgan 57 ta fermer xo‘jaligi rahbarlarini sudga guvoh sifatida taklif qilishni so‘radi. Sud bu haqda rasmiy iltimosnoma kiritilsa, muhokama qilishini aytdi. 

    Sudda javobgar tomon vakili sifatida ishtirok etayotgan MIBning Nishon tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Zayniddin Bozorov fermer da’vosini rad etmoqda. 

    Sud 2024-yilning 29-iyul kuni soat 11:00 ga qadar qisqa muddatli tanaffus e’lon qildi.

    24.07.2024, 22:25   Izoh (0)   17679
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda MIB traktorini noqonuniy olib qo‘ygan fermerga 355 mln so‘m kompensatsiya undirib berilishi belgilandi

    05.02.2024, 19:10

    Sirdaryoda soliq inspektori 4 ming dollar, Namanganda esa MIB xodimlari 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

    25.04.2024, 11:38

    Surxondaryoda ayol tanishiga bergan qarzini MIB orqali qaytarib oldi  

    10.06.2024, 19:40

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    24.07.2024, 22:04

    “Har hokim almashganda shu holat takrorlanadi” — Bektemirda hokimiyat yangi qurilayotgan xonadonlarni ogohlantirmasdan buzayotgani aytilmoqda (video)

    24.07.2024, 21:54

    Yoshlik suratlariga termilib turgan prezident, tuz donasidanam kichkina sumka, “zamhokim”ning bir kunlik safar xarajati: ijtimoiy tarmoqlarda nima gap? 

    24.07.2024, 21:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.