• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Maslahatlar Salomatlik

    Hovuzda cho‘milish vaqtida yuqtirib olish mumkin bo‘lgan 5 xil kasallik

    Yozning issiq kunlarida turli cho‘milish havzalari va basseynlarga tashrif buyuradigan yosh-u qarilar soni ortadi. Ammo havo harorati va hovuzdagi odamlar soni qanchalik yuqori bo‘lsa, turli kasalliklar yuqtirib olish xavfi shunchalik oshadi. Chunki issiq havo va suv orqali odam terisidagi turli bakteriya va infeksiyalar boshqalarga o‘tishi mumkin.

    Foto: Adobe Stock

    Albatta basseynlardagi avtomatik ravishda xlorlash tizimi va dezinfeksiyalash vositalari bakteriyalar bilan yaxshi kurashadi, lekin shunday viruslar borki, ular kurashuvchan va xlorga chidamlidir. Quyida ana shunday kasalliklarni ko‘rib chiqamiz.

    Diareya

    Xalq orasida ich og‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan diareya kasalligi ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin. Agar ich ketish bilan og‘rigan odam hovuzda bo‘lganida o‘zini nazorat qila olmasa, millionlab mikroblar bir zumda suvga tushadi va atrofga tarqaladi.

    Afsuski, gigiyena qoidalariga rioya qilmaydigan shaxslar ham uchrab turadi. Diareya xuruji tugagandan so‘ng, yuvinish o‘rniga shunchaki hojatxona qog‘ozidan foydalanadiganlarda zararli bakteriyalar saqlanib qoladi. Bunday holatda mikroblar oz miqdorda bo‘lsa ham, suvga tushadi.

    Quloq kanali infeksiyasi

    Tashqi otit — quloq tashqi kanalining yallig‘lanishi bo‘lib, kasallik to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish kanalida sodir bo‘ladi. U quloqlarni noto‘g‘ri tozalash yoki toza bo‘lmagan havzalarda cho‘milish orqali rivojlanadi.

    Aslida quloqlar ichidagi tabiiy ajralma — quloq shirasi himoya vazifasini bajaradi. Ammo basseyn suvi tarkibidagi xlor uni bunday xususiyatdan mahrum qiladi. Natijada quloq tashqi kanali oltin stafillokok yoki ko‘k yiring tayoqchasi kabi barcha turdagi zararli mikroorganizmlarga yo‘l ochadi.

    Teri va shilliq pardalarning qizarib, qichishishi

    Aslida basseyndagi xlor hech qanday hidga emas. Hovuzda cho‘milayotganda chiqqan xlor hisi suvdagi teri, kirlar va siydik bilan reaksiyaga kirishgandan hosil bo‘ladi va gazga aylanadi. Ular xloramin deb ataladi va terida qizarish, achishish, qichishish, turli toshmalar, burun shilliq qavatining shishishi, yo‘tal, konyunktivit va rinitga olib kelishi mumkin.

    Shuning uchun suvga tushishdan avval va keyin dush qabul qilish muhimdir.

    Follikulit — issiq hammom toshmasi

    Bunday kasallik yetarli darajada xlorlanmagan issiq vanna va jakuzilar qabul qilgandan rivojlanadi, chunki xlor issiq suvda tezroq parchalanadi, bu terini bezovta qiluvchi Pseudomonas aeruginosa bakteriyalarining omon qolishiga imkon beradi.

    Follikulit belgilari odatda cho‘milgandan keyin bir necha soat ichida paydo bo‘ladi, lekin ba’zi hollarda toshmalar bir necha kundan so‘ng chiqishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Legionellyoz

    Legionerlar kasalligi basseyndan yuqishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy va pnevmoniyaning og‘ir formasidir. Uni Legionella pneumophila bakteriyasi qo‘zg‘atadi hamda nafas yo‘llariga infeksiyalangan suv kirganda paydo bo‘ladi. O‘pkaga mikroorganizmlar kirishi bilan infeksiya yashin tezligida tanada tarqala boshlaydi.

    Xlor va brom bilan zararsizlantirilgan suvda Legionella bakteriyasi tezda nobud bo‘ladi, ammo hovuz egasi xavfsizlik qoidalariga amal qilmasa, ko‘plab insonlarga zarar yetishi mumkin.

    Legioner kasalligining belgilari: nafas qisilishi, yo‘tal, titroq, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar va harorat 40 ° C yoki undan yuqori bo‘lishi. Kasallikning bunday belgilari paydo bo‘lsa, darhol tez yordam chaqirish zarur. Ko‘pchilik bemorlar faqatgina kasalxonada davolanadi.

    Hovuzda yuqadigan kasalliklardan himoyalanish usullari

    • Avvalo suv yutmaslik;
    • Yaqinda kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz, basseynga bormaslik;
    • Issiq hovuzda cho‘milmaslik;
    • Quloqlaringizga suv kirmasligi uchun quloq tiqinlaridan foydalanish va qalpoq kiyish;
    • Tananing biror joyi kesilgan yoki tirnalgan bo‘lsa ham basseynlarga bormaslik;
    • Hovuz suvi qanchalik tez-tez almashtirilishi surishtirish;
    • Dushda yoki basseyn yaqinida yalangoyoq yurmaslik;
    • Cho‘milishdan avval va keyin sovun bilan dush qabul qilish.
    24.07.2024, 21:10   Izoh (0)   5811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Quyosh urishi: issiqdan ko‘z xiralashib, ko‘ngil ayniganda nima qilish kerak?

    03.07.2024, 10:14

    Yozda kamroq terlash uchun 5 ta layfxak

    03.07.2024, 19:40

    Favvorada cho‘milish va sovuq dush: yoz faslida xavfli bo‘lgan 5 ta odat 

    12.07.2024, 16:23

    Real hayotda malika bo‘lgan Bollivud kino yulduzlari (foto)

    24.07.2024, 20:05

    “Go‘sht va bananga xushim yo‘q”: Gollivud yulduzlari yoqtirmaydigan mahsulotlar

    24.07.2024, 19:15

    “Semiz, qari, iste’dodsiz”: mashhur turk aktyorlarining muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan rafiqalari

    24.07.2024, 18:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.