• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ashxobod G‘arb hamkorlarining ishonchini yo‘qotmoqda — AQSH Davlat departamenti

    AQSH Davlat departamenti Turkmanistondagi sarmoyaviy muhit haqida hisobot e‘lon qildi.

    Turkmaniston katta tabiiy gaz zaxiralariga qaramay, o‘ta noqulay sarmoyaviy muhitga ega mamlakat bo‘lib qolmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamentining kecha e’lon qilingan tadqiqotida aytiladi. Mamlakatda hukm surayotgan hukumat nazorati, korrupsiya va oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan pul-kredit siyosati to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun yuqori risk sifatida tavsiflanmoqda.

    AQSH Davlat departamentining sarmoyaviy muhit xususida chop etgan hisoboti, Turkmaniston davlat va unga qarashli biznes tuzilmalarida bezovtalikka sabab bo‘ldi.

    Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Serdar Aytakov NG nashriga bergan intervyusida bu hisobotni “kech bo‘lsa ham Turkmanistondagi holat bo‘yicha chiqarilgan hukm” sifatida ta’rifladi.

    Foto: Google Images

    Tadqiqot dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallagan Turkmaniston eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi yetakchilar o‘ntaligiga kirmasligini ko‘rsatdi. Bunga sabab mavjud loyihalarning hukumat tomonidan moliyalashtirilishi, ma’lum jarayonlar va sotuvni esa davlat korxonalari tomonidan boshqarilishi deb qaralmoqda.

    Norasmiy dollar kursi rasmiy kursdan besh baravar yuqori bo‘lgan Turkmanistonda valyutaning qattiq nazorati investorlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bunday holda investorlar o‘z mamlakatlariga daromad bilan qayta olmaydilar. Import uchun mahalliy valyutani konvertatsiya qilish imkonining yo‘qligi iqtisodiy ma’lumotlarda xatoga olib keladi.

    “Bu haqiqatan ham Turkmanistonning iqtisodiy va moliyaviy tizimiga nisbatan chiqarilgan hukm. To’plangan statistik ma’lumotlar faqatgina sarmoyaviy muhit haqida emas. Balki soxtalashtirish, manipulyatsiyalarning Turkmaniston rasmiylari e’tiboridan, iqtisodiyot va moliyaning norma chegarasidan tashqarida ekanligi ko’rsatmoqda”, deya ta’kidladi ekspert.

    Bir necha yildirki, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi Turkmaniston hukumati tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashdan bosh tortmoqda. 

    Foto: Google Images

    Bundan tashqari, hukumat uzoq vaqt davomida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalarini taqdim etishdan bosh tortib kelmoqda. Bunday holat aholini ro‘yxatga olish tartibini texnik jihozlash va ushbu yo‘nalish xodimlarini qayta tayyorlash uchun katta kuch va mablag‘ sarflagan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi rahbarlari va xalqaro ekspertlarni hayratda qoldirdi.

    Masala diplomatik darajada ko‘tarilganda esa Turkmaniston rasmiylari “ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz”, deya javob berdi, ammo, aftidan, ular hali ham “ko‘rib chiqmoqda”, chunki haligacha hech narsa xalqaro tuzilmalarga taqdim qilinmagan. Oxirgi marta aholini ro‘yxatga olishning to‘liq va qat’iy tasnifi 2012-yilda o‘tkazilgan edi.

    “Vaziyat shu darajaga yetdiki, Turkmaniston akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik doiralarda Turkmanistonning gaz zaxiralari, birinchi navbatda, Galkinish konlari guruhi auditiga nisbatan shubhalar tug‘ilmoqda, bu esa Gafney Consalting, Cline & Associates kompaniyalari tomonidan tasdiqlandi.

    Bir xorijlik jurnalistning audit ma’lumotlari haqidagi savoliga Britaniya kompaniyasining yuqori lavozimli xodimi qarorlar qabul qilishda mustaqil o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqotlar mavjud emasligi va Turkmaniston kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlarga asoslanishini ta’kidlashi bilan muammo yana yuzaga chiqdi.

    Turkman rejimining iqtisodiy qudratiga ham shubha bilan qarala boshlandi.

    Turkmanistonlik iqtisodchi va siyosatshunos Kumush Bayriyevaning NG telekanaliga bergan intervyusi, Amerikaning ushbu hisoboti “Turkmaniston hukumatining moliyaviy-iqtisodiy siyosat xarajatlarini aholi yelkasiga yuklagani”ni yana bir bor tasdiqladi. Gap rasmiy va real valyuta kursi orasidagi taxminan besh baravar farq haqida ketmoqda.

    Foto: Google Images

    Bundan tashqari, Davlat departamenti hisobotida qayd etilganidek, hukumat tomonidan nazorat qilinadigan norasmiy ikkilamchi valyuta hech qaysi moliya tashkilotlarida mavjud emas.

    “Bu xorijlik sarmoyadorlarning daromadlarini o‘z mamlakatlariga olib ketishda va mahalliy valyuta, import materiallari yoki jihozlarini AQSH dollariga aylantirishda qiyinchilik tug‘diradi. Bu amaliyotning YIM maʼlumotlaridan keskin farq qilishi, hukumat tomonidan eʼlon qilingan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning aksariyati ishonchsiz degan xulosani keltirib chiqardi”, — deyiladi hujjatda.

    Kumush Bayriyeva masalaga shunday aniqlik kiritdi: maoshlar, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar manatning (turkman pul birligi) dollarning rasmiy kursi (3,5 manat) bo‘yicha belgilanadi, bunga tayanib aholi daromadlari yuqori darajada deya olamiz. Bu esa, o‘z navbatida, barcha xalqaro hisobotlarga, jumladan Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari tomonidan ijobiy qaralgan “BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ixtiyoriy milliy ma’ruzasi”ga kiritilgan.

    Ammo mahsulotlar, asosan iste‘mol tovarlari, xizmatlar va dori-darmonlar narxlarining katta qismi norasmiy dollarning real kursi (bir dollar uchun 19,5 manat) asosida belgilanadi. Ya’ni hokimiyat aholiga besh baravar kam haq to‘laydi.

    Hisobotda Turkmaniston iqtisodiyotida malakali kadrlar taqchilligi haqidagi bayonot ham bor.

    Foto: Google Images

    “Bu birinchi prezident Niyozov siyosatidan boshlab, Turkmaniston siyosiy va mafkuraviy rahbariyatining bir qator xatolarining natijasidir. “Biz gaz savdosidagi daromadimiz bilan hamma narsani sotib olamiz, shu jumladan malakali mutaxassislarni ham”, degan qarash naqadar xato bo‘lganini bugungi kunga kelib ko‘rish mumkin.

    Rasmiylarning turkman gazini xorijga sotishga bo‘lgan sabrsizligini aynan shundan kelib chiqib izohlash mumkin. Kelib tushgan mablag‘lar jamiyatning inson kapitaliga sarmoya sifatida kiritilsa yaxshi bo‘lardi. Ammo yo‘q! Hatto xalqaro moliya institutlarining hisobotlari va press-relizlarida ham Turkmaniston hukumati samarasiz megaloyihalarga haddan tashqari sarmoya kiritib, inson kapitalini rivojlantirishga, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga investitsiya kiritishni unutib qo’yayotgani haqidagi fikr yangilik emas”, deya ta’kidladi Bayriyeva.

    Shu bilan birga rasmiylarning xorijda saqlanayotgan 45 milliard dollarlik “oltin va valyutalari” haqidagi aniq raqamlar birinchi marta ochiq e’lon qilindi.

    Lekin bu tanganing faqat bir tarafi, deydi Bayriyeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, sotilgan uglevodorodlar mablag‘lari “Turkmanneft” va “Turkmangaz” kabi ikki davlat tashkilotiga kelib tushadi. Biroq u yerdagi mutlaqo shaffof bo‘lmagan aktivlar haqida parlament, mamlakat aholisi va xalqaro hamkorlarga hech narsa maʼlum emas.

    “Ammo 10 yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta, Turkmanistonning uglevodorod ortidan kelgan pullarini “soya”ga yo‘naltirilishning barcha qirralarini ochib bergan “Prezidentning shaxsiy cho‘ntagi — Neft, Gaz, Qonun” hisobotini yaratgan amerikaliklarga rahmat”, dedi siyosatshunos.

    Bayriyeva, rasmiylar ushbu hujjat va xalqaro moliya institutlarining boshqa materiallarini tanqidiy tahlil qilish o‘rniga, “siyosiy bosim o‘tkazish uchun” bunday tadqiqotning “siyosiy buyurtma” ekanligi haqidagi cho‘pchakni tarqata boshlaganiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

    Chunki ularda hisobotni to‘liq tahlil qila oladigan iroda, siyosiy tuyg‘u, xavf va tahdidlarni baholovchi malaka yetarli emas. “Gaz tijoratiga millionlar sarflangan yerda hech qanday natija olinmagandan so’ng qanday obro‘ haqida so’z borishi mumkin?, deydi Kumush Bayriyeva.

    24.07.2024, 17:02   Izoh (0)   5934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘shni davlatlar bilan integratsiya uchun Rossiya ta’siridan qutulish kerak” – ekspert bilan suhbat

    30.04.2024, 20:15

    Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 44 mlrd dollardan oshdi

    16.05.2024, 12:15

    Ko‘p qutbli dunyoda SHHTning o‘rni va Turkmanistonning energetika diplomatiyasi: Afg‘oniston iqtisodiyotini o‘zgartirish uchun yetarlimi?

    19.07.2024, 20:25

    Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun o‘z raketalarini ishlab chiqmoqda

    24.07.2024, 16:45

    Xitoyda “Gaemi”  superto‘foni tufayli qizil darajali xavf e’lon qilindi

    24.07.2024, 16:25

    Iroq AQSHdan yil yakuniga qadar harbiy qismlarini to‘liq olib chiqishni talab qildi

    24.07.2024, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.