AQSHda tijorat neft zaxiralari o‘tgan haftada 3,74 million barrelga kamayib, 436,48 million barrelga yetdi, deb xabar berdi mamlakat Energetika vazirligi.
Benzin zaxiralari 5,57 million barrelga qisqardi va 227,42 million barrelni tashkil etdi.
Tijoriy distillat zaxiralari 2,75 million barrelga qisqarib, 125,31 million barrelga yetdi.
Mutaxassislar neft zaxiralarining 2,84 million barrelga kamayishini, benzin va distillat zaxiralarining esa 1 million barrelga oshishini prognoz qilgan edi.
Avvalroq Singapur qirg‘oqlari yaqinida ikki yirik neft tankeri to‘qnashib, yonib ketgani xabar berilgandi.
Izoh (0)