• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Agressiv ota-onalardan azob chekayotgan begunoh go‘daklar (video)

    Iyul oyi boshida Toshkentda erkak oilaviy nizo sababli 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgani haqidagi xabar ko‘pchilikni dahshatga soldi. Ming afsuski, bu holat birinchisi emas — ayol go‘dak qizini ayiqqa uloqtirgani, ona bolalari bilan o‘zini 8 qavatdan derazadan tashlagani, Qoraqalpog‘istonda ayol Qozog‘istonda ishlayotgan eriga jahl qilib bolalarini muntazam qiynab kelgani, Samarqandda ayol eri bilan janjallashib qolgani sababli farzandini qiynagani kabi holatlarni sanab, sanog‘iga yetolmaysan va yetib bo‘lmayapti ham. Xo‘sh, nega odamlar, xususan, ota-onalar tajovuzkor bo‘lib ketmoqda, ularni deb nega begunoh bolalar azob ko‘rishi kerak? Shu kabi savollarga tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev javob berdi.

    Er-xotinning og‘ishi

    Ming afsuslar bo‘lsinki, bolajon deb nom chiqargan o‘zbek xalqi juda ham xunuk ishlarga qo‘l urmoqda.

    Men ham bu xabarni eshitib, larzaga keldim. Hamma illatning tagida bilimsizlik, e’tiqodsizlik va ma’naviyatsiz yotadi. Bu yerda ota o‘gay bo‘lgan, lekin ota-onalar o‘z farzandlarining joniga qasd qilgan, ayiqqa tashlagan, ayovsiz kaltaklayotgan holatlarga guvoh bo‘lyapmiz. Bunday holatlarning aksari eriga yoki xotiniga qasd qilib shu ishga qo‘l urayotganini ko‘ryapmiz. Xo‘sh, nega bunday holatlar ro‘y bermoqda?

    Deviantalogiya degan fan bor — xulq-atvor deviatsiyasi, ya’ni og‘ish degan ma’noni anglatadi. Bunda shaxs tashqi tomondan qaralsa, sog‘lom. Lekin uning xatti-harakatlarini kuzatsangiz, o‘zini ruhiy kasaldek tutadi. Bunga nimalar kiradi? Agressiya — tajovuzkorlik, birovning joniga qasddan tan jarohati yetkazish, haqorat qilish, o‘ldirib qo‘yish va boshqalar.

    Foto: “Daryo”

    Bu yerda ikkita jihatga e’tibor qaratish kerak: oiladagi faktor va jamiyatdagi omil.

    Oiladagi, ya’ni er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro yomon munosabat bo‘ladi. Ikkisining birida deviant xulq-atvor kuzatiladi. Bunda ularning tarbiyasi maktabda diskriminatsiyaga uchragan, ya’ni kamsitib katta qilingan, ota-onasidan mehr ko‘rmay ulg‘aygan, jamiyatda doimiy kamsitilganlik kabi salbiy holatlar yig‘ilib-yig‘ilib boradi-da, u qachondir, albatta, otilib chiqadi.

    Ko‘pincha salbiy omillar ojizlar bor joyda ularga nisbatan ko‘rsatiladi. Masalan, bu oilada o‘zini namoyon qiladi. Shaxs ishxonada yoki ko‘chada birovni urib yoki o‘ldirib qo‘ymaydi. Bor agressiyasini uyda — xotiniga, bolalariga qiladi. Suv yumshoq tomonga og‘ganidek, bunda ham yumshoq tomonga uriladi. Agressiya xotini yoki bolasini o‘ldirish bilan namoyon bo‘ladi yoki xotin erining oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘yib, pichoq sanchib yoqvoradi.

    Tabaqalanish

    Jamiyatning katta xatosi: boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tabaqalanish hamda adolatsizlik. Shaxs ertalab ko‘chaga chiqib adolatsizlikni ko‘rsa, kechgacha ishlab topgani sariq chaqaga arzimasa, bolalari yig‘lab “Nimalardir olib bering, oyijon, meni lagerga yuboring, bog‘ga boraylik, sayr qilaylik”, deb yopishaversa-yu, ota-onaning bunga imkoniyati yetmasa, ya’ni moddiy ta’minlanganlik past bo‘lsa ham, agressiyaga olib kelishi mumkin. Bu nafaqat kam ta’minlangan oilalarda, balki badavlat, o‘ziga to‘q, o‘qimishli kishilarning ham hayotida kuzatiladi.

    Foto: “Daryo”

     Shaxs tajovuzkorligini anglaydimi?

    Psixopatologiyada ikkita tushuncha bor: fiziologik affekt va patologik affekt. Affekt bu hissiy portlash degani.

    Fiziologik affekt sog‘lom odamlarda bo‘ladigan hodisa. Ya’ni qattiq jahl ustida xotiniga yoki bolalariga tan jarohati yetkazib qo‘yadigan va bu jarayonni o‘zi anglaydigan holat. Bunday holatda — hissiy portlashda shaxs odam o‘ldirib qo‘ymaydi.

    Patologik affekt psixopatlarda, shezifiriniyada, epilepsiyaning ba’zi turlarida kuzatiladi. Psixopatlar shundoq jahl otiga minadi va bu davr — qo‘liga pichoq olgan vaqt esida turadi, pichoqni sanchib tashlagan payt esida turmaydi. Bu holat xotiradan o‘chadi. Voqelik qisqa, 10 soniya yoki bir daqiqa davom etishi mumkin. Jabrlangan shaxs qonga belanib, qichqirib o‘layotgan vaqtda u o‘ziga keladi.

    Nima qilish kerak?

    Inson qattiq stressga yoki tushkunlikka tushgan vaqtida, kunora oilasiga ozor berib, ertasiga kechirim so‘raydigan holatlarda (bunday holatlar ko‘proq alkogolizmda kuzatiladi) tibbiy psixologga murojaat qilishi kerak.

    24.07.2024, 22:52   Izoh (0)   8010
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Farzandlar psixologik jihatdan qarovsiz holatda”. Psixolog oila instituti tanazzulga yuz tutishi mumkinligini aytdi

    07.04.2023, 12:19

    “Bolamdan voz kechishni taklif qilishgandi” — Daun sindromi bilan tug‘ilgan farzandini boshqalardan kam qilmay kelayotgan ayol bilan suhbat (video)

    17.08.2023, 21:35

    Mehnat migratsiyasining muhojir ishchilarning oilaviy hayotiga taʼsiri. Hijronda qolgan farzandlar taqdiri

    14.09.2023, 18:25

    “Daryo” dayjesti: 24-iyulning eng muhim xabarlari

    24.07.2024, 22:31

    MIB traktorini noqonuniy olib qo‘yib, 355 mln so‘m zarar yetkazgan qashqadaryolik fermer ishi Samarqandda ko‘rib chiqilmoqda 

    24.07.2024, 22:25

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    24.07.2024, 22:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.