Toshkent viloyati IIBB va hamkor tashkilotlar DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 milliard so‘mlik sintetik giyohvandlik vositasini tarqatish (sotish) maqsadida saqlab kelayotgan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2002-yilda tug‘ilgan shaxs (A.T.) o‘zining Tracker avtomashinasida vazni 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaktsiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)