• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Arxitektura

    Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga tegishli hashamatli saroylarga sayohat (foto)

    Versal va Bukingem saroylari Saudiya qirollik oilasining hashamatli qasrlari oldida oddiy binodek ko‘rinadi. Yaqin qarindoshlari 2000 kishidan ortiq bo‘lgan eng badavlat qirollik sulolasi dunyo bo‘ylab yuzlab ajoyib ko‘chmas mulklarga ega. Ar-Riyodning tillo saroylari va sahroda qurilgan 195 million dollarlik majmuadan tortib, Londondagi milliarderlar uylar qatoridagi o‘nlab qasrlar shular jumlasidandir. Bugungi maqolada dunyodagi eng qimmatbaho ko‘chmas mulklarga ega Saudiya qirolligi binolari haqida so‘zlashamiz.

    Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud

    Foto: MSN

    Zamonaviy Saudiya Arabistoni Qirolligi 1932-yilda qirol Abdulaziz Al-Saud tomonidan tashkil etilgan. Neftga boy bu davlat bir asrdan kamroq vaqt ichida sulola tomonidan boshqarilib, dunyodagi global mamlakatlardan biriga aylangan. Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud 2015-yil 23-yanvardan beri davlat boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda. U davlat asoschisi Salmonning 25-o‘g‘li bo‘lib, uning ixtiyorida bir nechta saroylar bor. Ularning 1,4 trillion dollarga baholangani esa ko’pchilik uchun ajablanarli emas.

    Al-Yamama saroyi, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

    Foto: MSN

    Al-Yamama saroyi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashgan. U qirollikning rasmiy qarorgohidir va shtab-kvartirasi sifatida xizmat qiladi. Saroyning uzunligi 370 ming metr kvadrat bo‘lib, 1000 dan ortiq xonasi bor. Ushbu qarorgoh 1983-yilda qurilgan. Uning atrofida bir nechta basseyn, masjid va kinoteatrlar ham mavjud. Nafis, zamonaviy geometrik naqshlar va qirrali derazalari bilan an’anaviy Najd me’morchiligiga o‘xshaydi. Saroyda hayratlanarli qandillar, chiroyli gilamlar, noodatiy dekorativ buyumlar va oltin bilan bezalgan naqshlar mavjud.

    Foto: MSN
    Foto: MSN

    Italiyadan keltirilgan marmar pollar va zarhal devorlar va dabdabali ustunlari bilan ham saroy ajralib turadi.  Qirol Salmon binoda hukumat yig‘ilishlari va xorijdan kelgan nufuzli mehmonlarni shu yerda kutib oladi. Prezidentlar bilan uchrashuvlar ajoyib oq gilamlar, bejirim tikilgan parda, zarhal devorli binoda bo‘lib o‘tadi.

    Foto: MSN

    Erga saroyi, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

    Foto: MSN

    Qirol Salmon shunchalik boyki, mehmonlarni qabul qiladigan saroylari talaygina. Ar-Riyod markaziga yaqin hamda yaqinda qurib bitkazilgan Erga saroyi shulardan biridir. Palma daraxtlari, favvoralarga to‘la bu saroy rasmiy qarorgohdan kam emas. 2015-yilda qirol bo‘lganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan Salmon AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Barak Obamani qabul qilgan. Amerika prezidenti marhum qirol Abdulla ibn Abdulazis Al-Saudning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

    Foto: MSN
    Foto: MSN

    Saroyning rasmiy xonalaridan birida hattoki chiqindi qutisi ham kumushdan yasalganiga e’tibor bering. Erga saroyidan asosan hukumat vazifalari, davlat qabullari, turli davlatlardan kelgan xorijiy mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida foydalaniladi. Bundan tashqari, majmuada Saudiya san’ati va urf-odatlarini xalqaro miqyosda yoyish maqsadida festivallar ham o‘tkaziladi.

    Foto: MSN

    Murabba saroyi, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

    Foto: MSN

    32 xonadan iborat bo‘lgan Murabba saroyi 1945-yilda qurilgan. Hozirda undan qirol oilasining asosiy qarorgohi sifatida foydalaniladi. Bino jamoatchilik uchun ham ochiq. Saroy Najdiy usulida qurilgan bo‘lib, ko‘plab qadimiy arxitektura va dizaynlarini o‘zida mujassam etgan.

    Foto: MSN
    Foto: MSN
    Foto: MSN

    Saroy ikki qavatdan iborat bo‘lib, mehmonlarni qabul qiladigan xonalar va qirollik oila a’zolari xonalariga bo‘linadi. Rasmda saroyning markaziy hovlisi bo‘lib, u oq rangda. 1990-yillarda saroy va uning atrofida yirik qayta qurish loyihasi amalga oshirilgan. Usta Ibn G‘azo tomonidan qurilish holati saqlanib qolingan hamda mahalliy materiallardan foydalanilgan. Majmuada ziyofat xonalari ham bo‘lib, u marmar ustunlar va rang-barang fors gilamlari bezatilgan.

    Foto: MSN

    Yillar davomida saroyga ko‘plab taniqli insonlar tashrif buyurgan. 2017-yili may oyida tashrif buyurgan Donald Tramp qilichbozlik raqsidan zavqlangan. Bir necha yillar oldin esa prezident Jorj Bush saroyga aylangan muzey bo‘ylab sayohat qilgan.

    Shahzoda Muhammad ibn Salmon Al-Saud

    Foto: MSN

     
    Qirol Salmonning yettinchi o‘g‘li va taxt vorisi shahzoda Muhammad 2022-yildan beri bosh vazir bo‘lib ishlaydi, uning bir nechta saroylaridan tashqari 500 million dollarlik yaxtasi ham bor. Shahzoda bundan tashqari dunyo bo’ylab ham sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. Uning Yevropadagi uylari dunyodagi eng qimmatbaho ko‘chmas mulklar sirasiga kiradi.

    Fransiyadagi Chateau Louis XIV saroyi

    Foto: MSN

    Fransiyada Luvesyen shahrida joylashgan, Versaldan unchalik uzoq bo‘lmagan bu bino 17-asrga tegishli fransuz an’analariga mos ravishda qurilgan. New York Times jurnalistlarining ma’lumotlariga ko‘ra, shahzoda qal’aga o‘xshash mazkur bino uchun 2015-yilda 300 million dollar sarflagan.

    Foto: MSN
    Foto: MSN

    Parijning g‘arbiy chekkasida joylashgan uy dunyoning eng qimmat uylaridan hisoblanadi. 57 gektarlik maydonli binoda oltin suvi yuritilgan poydevorlar, turli bezakli marmar haykallar, ekzotik daraxtlar va to‘siqli labirint mavjud. Favvoralarni esa iPhone orqali boshqarish mumkin. Bino tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lsa ham 2011-yilda qurilgan. Aytilishicha, ushbu dabdabali bino qurilishi uchun 19-asrdagi qadimiy ko‘chmas mulk buzib tashlangan. Saroyda ikkita bal zali, kinoteatr, ikkita basseyn va shahzodaning san’at kolleksiyasini namoyish etish uchun mo’ljallangan yerosti maydoni mavjud.

    Shahzoda Xolid ibn Salmon Al-Saud

    Foto: MSN


    Shahoda Qirol Salmonning to‘qqizinchi farzandi hamda valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon Al-Saudning ukasi. Shahzoda Xolid 2022-yildan beri Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri lavozimida ishlaydi, uch yil davomida o‘rinbosar ham bo‘lgan. Lavozimga tayinlanishidan oldin u ko‘p vaqtini Vashingtonda o‘tkazgan. U 2017-yil aprelda Saudiyaning AQSHdagi elchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. U AQSHdagi Jorjtaun universitetini bitirgan.

    Nur saroyi, Virjiniya shtati, AQSH

    Foto: MSN

    Daily Mail nashrining xabarlariga ko‘ra, shahzoda Xoliq talaba bo‘lib yurgan vaqtda ushbu saroyni 12 million dollar naqd pulga xarid qilgan.  Yevropa uslubida qurilgan binoning maydoni 1900 metr kvadrat uy bo‘lib, hovlisi 5,5 gektardan iborat. Shovqinli AQSH poytaxtidan yarim soatlik uzoqlikda joylashgan saroyning ichkarisiga kirsangiz, binoning ustunlari yunoncha uslubda ekanligining guvohi bo‘lasiz.

    Foto: MSN
    Foto: MSN
    Foto: MSN

    Saroyda 8 ta yotoqxona, 13 ta hammom va ko‘plab boshqa maqsadlardagi xonalar mavjud. Shahzoda egallagan dabdabali xonadon yuqori qavatidan turib ajoyib bog‘larni, turli xil manzaralarni tomosha qilish mumkin. Saroy boshqa binolardan hashamatliligi, qulayliklari, kinoteatr, bilyard xonasi, basketbol maydoni hamda ochiq maydonidagi basseyni bilan ham ajralib turadi.

    22.07.2024, 15:38   Izoh (0)   27054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzi Jennifer Enistonning Los-Anjelesdagi 21 mln dollarlik uyiga sayohat (foto)

    05.04.2024, 12:35

    Hindistonning eng badavlat odami — Mukesh Ambani oilasi qanday uyda yashaydi? (foto)

    15.04.2024, 17:55

    Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? (foto)

    20.04.2024, 13:45

    Jahon yulduzlarining ijaraga olish mumkin bo‘lgan uylari (foto)

    13.05.2024, 16:40

    “Boshqotirma” multfilmi uslubida qurilgan real uyga sayohat (foto)

    03.07.2024, 16:55

    Rossiyalik xonanda Alsu Moskva shahri markazidagi hashamatli kvartirasini sotuvga qo‘ydi (foto)

    11.07.2024, 12:55

    Aktrisa Riz Uizerspun 4 million dollarlik uyining oshxonasini namoyish etdi (video)

    12.07.2024, 17:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.