Rossiya Mudofaa vazirligi rus qo‘shinlari Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoye qishlog‘ini egallab olganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Gap 2016-yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 17 kishi yashagan.
Peschanoye qishlog‘i esa Chuguyevskiy tumanida joylashgan. 2001-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlarida qishloqda 79 kishi yashagani qayd etilgan. Ukraina harbiy muxbiri Bogdan Miroshnikov ham Rossiya armiysi mazkur qishloqni bosib olganini aytgan. Ukraina armiyasi bosh shtabi hozircha mazkur xabarlarga munosabat bildirmagan.
“Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatiga yangi hujum to‘lqinini boshlashga hozirlik ko‘rayotganga o‘xshaydi”, — deydi Mariupol meri Andryushchenko.
Ular turli hududlardan, shuningdek, Novoazovsk va Donetskdan qo‘shinlarni olib kelishmoqda. Endilikda Zaporojye viloyati tomon Berdyansk yoki Primorsk orqali harakatlanishmayapti. Ko‘pincha bu yo‘nalish Rozovka-Pologa, Tokmakdir, ya’ni front chizig‘iga yaqinroq, deydi mer.
Izoh (0)