Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIB hamkorligiga navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qamashi tumani “Sarbozor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosida olib borilgan reyd davomida daryo o‘zanidan noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinganligi maʼlum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, bir holatda 1743,7 metr kub tabiiy qum qazilgan va tabiatga 2 milliard 615 million 550 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ikkinchi holatda esa 2465 metr kub tabiiy qum qazib olingani va tabiatga 3 milliard 697 million 500 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Har ikki holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar aybdorlarni aniqlash, holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Izoh (0)