Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 19 yoshli yigit suv ustida skuter boshqaruvini eplay olmay, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda aytilishicha, 20-iyul kuni “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasida 19 yoshli zangiotalik yigit skuterni boshqara olmay, qarshisidagi katamaranga urilgan. Natijada katamaranda bo‘lgan 2 nafar — 28 va 26 yoshli farg‘onalik yigitlar tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (temiryo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)