Hindiston g‘arbida, Gujarat shtatida, chivinlar va kanalar chaqishi orqali yuqadigan kam o‘rganilgan chandipur virusi tarqaldi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Kasallik oqibatida allaqachon kamida 16 kishi vafot etgan, 50 ga yaqin odam virusga chalingan. Chandipur virusi birinchi marta 1965-yilda Chandipura qishlog‘ida ensefalit epidemiyasi paytida aniqlangan. Mazkur virusga qarshi maxsus davo yoki vaksina yo‘q. Kasallik alomatlari shish va diareyadan iborat — bu bilan ensefalit simptomlariga mos keladi.
Gujarat sog‘liqni saqlash vaziri Rushikesh Patel virusning uchta holati boshqa shtatlardan kelganini aytmoqda.
“Gujaratda bolalarda chandipur virusi belgilari aniqlandi, bu esa ma’lum darajada qo‘rquv uyg‘otdi”, dedi u va epidemiya ensefalit oqibatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Hindiston rasmiylari epidemiyaga qarshi kampaniya boshlagan, kasallik avj olgan hududlarda malation kukuni sepilmoqda. Gujarat shtatining boshqa tumanlaridan virus yuqtirish holatlari haqida xabarlar kelishda davom etmoqda.
Izoh (0)