Oliy sud 19-iyul kuni Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmini e’lon qilgan edi. 20-iyul kuni sudlanuvchilardan biri vafot etgani ma’lum qilindi.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning “Daryo”ga xabar berishicha, Baxtiyor Qudratullayev bilan sudlanganlardan biri – 1964-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Shukurali Qurbonov sud hukmi o‘qilganidan bir kun o‘tib, vafot etgan. Uning vafotiga infarkt sabab bo‘lgan.
Marhum Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Izoh (0)